Poloniya Universiteti vakillari bilan uchrashuv

Bugun Polshaning Poloniya Universiteti rektori Andjey Krinski boshchiligidagi delegatsiya OʻzMUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari xususida fikr almashildi. Xususan, umumiy psixologiya, biznes psixologiyasi, menejment va marketing ta’lim yoʻnalishlarida hamkorlik qilish maqsadga muvofiqligi ta’kidlab oʻtildi. Mazkur yoʻnalishlarda hamkorlikda loyihalarda ishtirok etish uchun qoʻshma dasturlarni amalga oshirish rejalashtirildi. Uchrashuv yakunida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.


Xalqaro aloqalar bo'limi