Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM”

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. 21 oktyabr kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti “Adiblar hiyoboni”da o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, Shoir G‘ayrat Majid va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i, falsafa fanlar doktori, shoira Shaxlo Axrorovalar ishtirok etdi. Shuningdek, fakultetning iqtidorli va talantli talabalari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari va o‘z ijodlarini namoyon qilishdi. Tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishiga e’tibor qaratildi.

O'zMU Axborot xizmati