Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

QAHRAMON SHOIRNI XOTIRLASH KUNI

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida O’zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirlash tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mutasaddilari, shoir oilasi a’zolari va Erkin Vohidov ijod maktabi o’quvchilari ishtirok etishdi. O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri, prof. H.Boltaboyev mehmonlarni universitetdagi Erkin Vohidov ilmiy-ma'rifiy markazida kutib oldi. Mazkur tadbir doirasida Farg’ona viloyatidan kelgan 40 dan ortiq bitiruvchi-o’quvchilar universitet hayoti bilan tanishib, ijod maktabini tamomlab, O’zMU da o’qish istagini bildirdilar.


Tadbir ishtirokchilari Erkin Vohidov xonadonida bo’lib, shoir yashab, ijod qilgan muhit bilan ham tanishdilar. Ishtirokchilar “Adiblar hiyoboni”da ham bo’lishib, ulug’ shoir haykali poyiga gullar qo’yishdi. Keyingi manzil O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo’lib, unda yosh ijodkorlar o’zlarining ijod namunalarini ustoz adiblar ko’rigidan o’tkazib olishdi.

“Magic city”dagi amfiteatrda o’tkazilgan “Nazm va navo” kechasi bilan ushbu “asrga tatirli kun” yakunlandi.

OʻzMU Axborot xizmati