Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediyali kompleksini yaratish.

Ilmiy rahbari: Ishanxodjaeva Zamira Raimovna
Bajarilish muddati: 15.11.2021-31.10.2022
Loyiha shifri: A-OT-2021-542
Loyiha turi: Amaliy
Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: Loyiha doirasida raqamli tarix usulida, xususan qatag‘on qurbonlari bo‘lgan yurtdoshlarimiz haqidadagi ma’lumotlardan foydalangan holda:
– Xotira kitobining mobil ilovasi yaratiladi;
– qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimiz va ularning xotirasini kelgusi avlodlarga etkazish maqsadida elektron platforma yaratiladi va ushbu maksadda platformadan erkin foydalanish uchun ma’lumotlarning elektron bazasi shakllantiriladi hamda doimiy ravishda yangilanib boriladi;

  • qatag‘on qurbonlari ma’naviy merosini yanada chuqur o‘rganish va abadiylashtirish maqsadida mulьtimediyali kompleks o‘zbek, rus, ingliz tillarida ishlab chiqiladi; manbalarning elektron platformasi shakllantiriladi va mulьtimediya to‘plami yaratiladi.
    Elektron platformani yaratish mobaynida mavzuni o‘rganish, ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayon qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimiz va ularning xotirasini kelgusi avlodlarga zamonaviy usulda raqamli texnologiyalar va turli fanlar kesimi orqali etkazishga xizmat qiladi. Sun’iy intellekt, texnika taraqqiyotini, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, jarayonlarni barcha tomondan optimal boshqarish, qatag‘on qurbonlari ma’naviy merosini yanada chuqur o‘rganish va abadiylashtirish jamiyatning ma’naviy rivojini ta’minlash samaradorligini o‘stirish kabi ko‘p qirrali faoliyatni nazarda tutadi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarda vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda, shu bilan birga yoshlarda kreativ fikrlashni rivojlantirish, kollektiv hamkorlikda faoliyat olib borishni, ularga zamonaviy uslubda – rakamli texnologiyalar orqali tushuntirishning turli vositalari bilan qo‘shib kommunikativ tarzda olib borishni, yangi zamonaviy tizimlardan foydalanish asosida samarali, fanlararo hamkorlik tizimi joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy tarmoqlar, planshet va smartfonlar bugungi yoshlar hayotining ajralmas bo‘lagi hisoblangan bir davrda tarixiy xotirani mazkur texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali keng ommaga va xususan yoshlarga etkazish va tarixiy xotirani mustahkamlash dolzarb hisoblanadi.
    Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo‘lga kiritilgan muhim natijalar:
    Loyiha doirasida Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda olib borgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlariga doir arxiv xujjatlari o‘rganilishi rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, loyiha doirasida 2021 yil noyabrь oyidan kelishilgan ish rejaga muvofiq O‘zR Milliy arxivi, O‘zR DXX arxivi, Toshkent shaxar arxivi, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning “Nodir nashrlar” bo‘limida shu bilan birga Internet bazalaridan kerakli ma’lumotlar to‘plash maqsadida ish olib borildi.
    Qatag‘on qurbonlari bo‘lgan yurtdoshlarimiz haqida Toshkent shaxri bo‘yicha ma’lumotlar jamlandi, loyiha doirasida elektron platforma yaratish uchun arxiv materiallari to‘plandi.
    Loyiha a’zolari tomonidan tegishli ilmiy ma’lumotlar, arxiv materiallarini to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha ishlar tizimli davom ettirilib, elektron baza hamda mobil ilova uchun kerakli ma’lumotlar qo‘lga kiritilmoqda.
    Loyiha doirasida “Toshkent shahar xotira kitobi” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Loyixa doirasidagi qolgan multimedia kompleks, mobil ilovasi, elektron platforma va elektron bazani shakllanish jarayoni ketmoqda.
    Dasturiy mahsulotlar uchun guvohnoma
    “Repressiv siyosat - sovet hokimiyati va O‘zbekiston madaniyati: omonlik fojiasi (1925-1953 yy.)” mobil ilovasi. DGU13630. 10.11.2021 (Ishanxodjaeva Z.R., Beknazarova S.S., Xamroev D).

Patent

  1. “Toshkent shahar xotira kitobi” mobil ilovasi. DGU20223948 (talabnoma qayd raqami). Ishanxodjaeva Z.R., Irzaev B., Beknazarova S.S., Tog‘aev J.E., Muxammadiev R.R. (jarayonda).
  2. “O‘zbekiston tarixining dolzarb masalalari (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr)” mulьtimedia kompleksi. DGU20223949 (talabnoma qayd raqami). Ishanxodjaeva Z.R., Irzaev B., Beknazarova S.S., Tog‘aev J.E., Muxammadiev R.R. (jarayonda).

Loyiha a’zolari tomonidan loyiha bajarilayotgan davrda 25 ta ilmiy maola va tezislar nashr etilgan, jumladan, xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda 7 ta, xorijiy jurnallarda 4 ta, mahalliy jurnallarda 3 ta, mahalliy internet nashrlarida 11 ta. Shuningdek, loyiha raxbari Z.R.Ishanxodjaeva “O‘zbekiston tarixi” telekanali orkali suratga olinayotgan “Suronli yillar” deb nomlangan ko‘p seriyali hujjatli filьmda mavzuga tegishli ma’lumotlar bilan qatnashib kelmoqda, loyixa a’zosi B.Irzaev loyiha doirasida “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Millatimiz fidoyilari” turkumida 20 ga yaqin filьmlarda ishtirok etib kelmoqda. J.E.Tog‘aev ishtirokida O‘zbekiston tarixi kanalida “Mavzu” ko‘rsatuvi doirasida raqamli tarix mavzusi bo‘yicha ko‘rsatuv olindi.
B.Irzaevning interv’yulari “O‘zbekiston 24”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Uz REPORT” telekanallarida namoyish etildi. Jumladan, “O‘zbekiston tarixi” kanalining “Aslida qanday” turkum ko‘rsatuvlari doirasida “Jadid oliy ta’limi muammolari”, “Milliy qadriyatlar millat borlig‘i”, “Mavzu” turkum ko‘rsatuvlari doirasida “Munavvar qori va Toshkent jadidchilik maktabi”, “Qatag‘on qurboni bo‘lgan jadidlar”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Samarqand jadidchilik maktabi”, “Ashurali Zohiriy va Farg‘ona jadidchilik maktabi” kabi qator ko‘rsatuvlarda ekspert sifatida ishtirok etildi. Kun.uz, Human.uz., Rost 24 internet saytlarida intervьyu, Daryo.uz saytida maqolalar e’lon qilindi.
Loyiha a’zolari tomonidan Skopus bazasiga kiruvchi jurnal va konferentsiya uchun maqolalar nashrga tayyorlangan:

  1. Ishankhodjaeva Z.R. An important direction of deep renewal processes is the restoration of historical truth // Journal of legal, Ethical and regulatory Issues. (nashrda).
  2. III Mejdunarodnaya konferentsiya ICMSIT-III-2022: “Metrologicheskoe obespechenie innovatsionnыx texnologiy: Algorithms of increasing the contrast of images”.
  3. “Media resourses in video information systems”.