Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Qozon Federal universiteti vakillari bilan uchrashuv

Bugun Qozon Federal universiteti (QFU) Tashqi aloqalar bo’yicha prorektori Alishev Timirxan Bulatovich boshchiligidagi delegatsiya O’zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda QFU hamda O’zMU hamkorligida tashkil etilgan qo’shma dasturlarga kelgusi o’quv yili uchun talabalar qabul qilish shart-sharoitlari kelishib olindi. Shu bilan birga moliya va iqtisodiyot ixtisosliklari bo’yicha magistratura qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish xususida ham muzokaralar olib borildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi