Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Qirg'izistonning QO'XU talabalari O'zMUda stajirovka o'tashdi

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetining xorijiy OTMlar bilan talabalar akademik almashinuv doirasida aloqalarni rivojlantirish borasida Xorijiy talabalar bilan ishlash boʼlimi tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 10-30 aprel kunlari Qirgʼiziston Respublikasi Batirali Sidiqov nomidagi Qirg'iz-O'zbek Xalqaro Universitetining 13 nafar talabalari OʼzMUning Xorijiy filologiya, Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar, Kimyo, Biologiya, Iqtisodiyot, Fizika, Taekvondo va sport faoliyati fakultetlarida stajirovka oʼtashdi.

Stajirovka davomida, oʼquv mashgʼulotlaridan tashqari, QO'XU talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyi va boshqa Toshkent shahrining tarixiy va madaniy obidalariga sayohat qilishdi.

Stajirovka yakuni boʼyicha QO'XU talabalariga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.