Qozon Federal universiteti professori Jurnalistika fakultetida dars mashg’ulotlarini olib bormoqda

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti va Qozon Federal universiteti ortasida imzolangan Memorandum asosida 30-noyabr kunidan boshlab Qozon Federal universiteti "Til nazariyasi va turkolgiya" kafedrasi professori Alfiya Yusupova O'zbekiston Milliy universitetning Jurnalistika fakulteti "O`zbek tilshunosligi" kafedrasi 2-kurs magistrantlariga "Komparativistika" fanidan ma'ruza va amaliy mashg`ulotlar olib bormoqda. Mashg`ulotlarda magistrant talabalar bilan birgalikda kafedraning professor -o`qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda. Tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik sohasida bahs-munozaralarga to`la bu darslar magistrantlarning ilmga qiziqishini orttirishi va kelajak faoliyatida yorqin iz qoldirishi shubhasiz.




O`zMU Axborot xizmati