Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

QS Xalqaro reyting agentligining regional direktori Sergey Xristolyubov Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 25 may kuni QS Xalqaro reyting agentligining regional direktori Sergey Xristolyubov Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda OʼzMU rektori Inom Madjidov, soha prorektorlari va xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼlimi vakillari qatnashdi.
Uchrashuv davomida QS reytinglarida ishtirok etishning asosiy mezonlari masalasi muhokama qilindi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi universitetlarining koʼrsatkichilari koʼrib chiqildi xamda OʼzMUning reytinglardagi oʼrnini yanada rivojlantirish boʼyicha tavsiyalar berildi. Oʼzbekiston Milliy universiteti reytingidagi yutuqlari, akademik va ish beruvchi reputatsiyaning koʼrsatkichlarini xamda professor-oʼqituvchilarining ilmiy faoliyati tahlil qilindi.
Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston Milliy universiteti QS EECA reytingida 251+ oʼrinni va QS Subject reytingida 451-500 oʼrinni egalaydi.

Xalqaro aloqalar bo'limi