QS xalqaro reyting tashkiloti konsultantlari ishtirokida masterklass

Bugun, 15-sentyabr kuni QS xalqaro reyting tashkiloti konsultantlari Dara Buxtiyarova va Аlisa Vey Oʼzbekiston Milliy universitetining xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼlimi aʼzolari va ushbu yoʼnalishda faol ishtirok etayotgan fakultet vakillari uchun onlayn masterklass boʼlib oʼtdi.
Masterklasda mazkur reyting yoʼnalishlari va ulardagi yangi oʼzgarishlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berib oʼtildi. Shuningdek, OʼzMUning 2022-yilgi natijalariga koʼra Top-500 talik roʼyxatidan yuqorilayotgan matematika yoʼnalishi va Top-500 talik uchun yaqin qolgan tarix, zamonaviy tilshunoslik va fizika-astronomiya yoʼnalishlari uchun tavsiyalar berib oʼtildi. Universitetning xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼyicha ishlab chiqilgan strategik rejalari va ularni qatʼiy yoʼlga qoʼyish yuzasidan koʼrsatmalar berildi. Fakultetlardan tashrif buyurgan vakillar tomonidan savollar bilan murojaat qilinib, kerakli maʼlumotlar olindi.
Konsultantlar bilan mahorat darslarini davom etishi rejalashtirilgan va navbatdagi uchrashuvlar oktabr, noyabr, dekabr, may hamda iyun oylarida boʼlib oʼtishi belgilandi.


Xalqaro aloqalar bo'limi