Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi

Kafedra mudiri - gidrologiya fanlar nomzodi, PhD Yunusov Golib Xodjayevich

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

+998 90 952-24-83

 yunusov-g@mail.ru


KAFEDRA HAQIDA QISQACHA MA`LUMOT
Kafedra 1945 yilda professorlar N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkin, V.L.Shuls, O.P.Sheglova kabi yirik olimlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu olimlar shu yillarda «Tog`li hududlar gidrologiyasi» ilmiy maktabiga asos soldilar.

O`tgan asrning 50-yillaridan boshlab kafedrada ilk bor geograf-gidrologlar, keyincharoq esa muhandis - gidrologlar tayyorlana boshladi.

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 1995 yildan boshlab kafedrada Gidrometeorologiya bakalavrlari, 2001 yildan boshlab esa magistrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi.

Kafedrada turli yillarda professorlar V.L.Shul's, O.P.Sheglova, V.E.Chub, E.I.Chembarisov, dotsentlar Z.V.Djorjio, R.Mashrapov, P.M.Mashukov, N.K.Lukina, L.I.Shalatova, I.R.Alimuxamedov, A.R.Rasulov, E.M.Videneeva, M.A.Nosirov, G.E.Glazirin, G.N.Trofimov, Z.S.Sirliboyeva kabi taniqli olimlar faoliyat ko’rsatganlar.

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi, Suv xo`jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida kafedrada 2020 yildan boshlab Gidrologiya magistrlari tayyorlana boshladi. Shu kunga qadar kafedrada 1500 dan ortiq muhandis-gidrologlar, gidrologiya bakalavrlari, hamda 50 dan ortiq gidrologiya magistrlari tayyorlandi. Ulardan 40 dan ortig’i fan doktori, 250 dan ortig’i fan nomzodlari ilmiy darajasiga erishdilar.

Hozirgi kunda kafedrada 1 ta fan doktori professor, 4 ta fan nomzodi dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 2 ta o‘qituvchi va 1 ta tayanch doktorant ilmiy-pedogogik faoliyat olib bormoqdalar. Shuningdek o‘quv jarayonida talabalarga bilim berishda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutidan g.f.d. DSc G.Mamajonova, t.f.n., dots. B.E.Nishonovlar kabi olimlar ishtirok etadilar.

Kafedrada 65030800-Gidrologiya (Quruqlik gidrologiyasi) ta'lim yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta'lim, 75030801-Gidrologiya (o’rganish ob’yektlari bo’yicha)magistratura mutaxassisligi, oliy o‘quv yurtidan keyingi 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) uzluksiz ta'lim tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Kafedra bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi  tizimida, Gidrometeorologiya xizmati markazida, Suv xo'jaligi vazirligi tizimida, O‘zbekgidroenergo aktsiyadorlik jamiyatida, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi davlat qo‘mitasida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida  xizmat ko'rsatishadi.

Kafedraning asosiy o'quv kurslari - gidrologiyaga kirish, geofizika, gidravlika, gidrometriya, gidrografiya, gidrofizika, gidrokimyo, gidrologiya asoslari, gidrogeologiya, meliorativ gidrologiya, glyatsiologiya, quruqlik suvlari muxofazasi, gidrologiyada statistik usullar va matematik modellashtirish, okeanologiya, o‘zan oqimi dinamikasi va ulardan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston tabiiy resurslar potensialiga ta’siri, daryo oqimini hisoblash, suv texnik izlanishlar, gidrotexik inshootlar, suv resurslaridan samarali foydalanish, gidrologiya va iqlimshunoslik hisoblanadi.

Mamlakatimiz xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo’jaligi va sanoatning barqaror rivojlanishi mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish bilan bevosita bog’liqdir. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, kafedrada bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzui: Orol havzasi yer usti suv resurslari; tog’ muzliklari; daryolar oqimining shakllanish qonuniyatlari;  ko’llarning gidrometeorologik rejimi; suv omborlarining gidrologik rejimi qonuniyatlarini har tomonlama o’rganish va ularni muhofaza qilish masalalariga qaratilgan.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Bakalavriat (gidrometeorologiya)  yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar

Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
65030800-Gidrologiya (Quruqlik gidrologiyasi)
1 Gidrologiyaga kirish Gidrosfera va uning tashkil etuvchilari - okenlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, yer osti suvlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda har bir tashkil etuvchining atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida ro‘y beradigan hodisalar qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat.
2 Geofizika Quyosh sistemasi, Yer va Yerning tarixiy geologik jarayonda shakllangan qobiqlari – litosfera, atmosfra, gidrosferaning fizik xususiyatlari hamda ularning o‘zaro aloqadorligi qonuniyatlari haqida bilim berish va ularda geofizika qonunlari va usullarini amalda qo‘llay bilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
3 Gidravlika Suyuqliklarning asosiy fizik xususiyatlari, gidrostatik bosim, bosim kuchini hisoblash, oqimning gidravlik elementlari, Bernulli diagrammasi, quvurlar va kanallarni gidravlik hisoblashlar, tashlamalar, gidravlik sakrash va suv omborlarining suvdan bo‘shash vaqtini aniqlash kabi mavzularga tegishli bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarni bajarishga oid uslubiy ko‘rsatmalar beriladi.
4 Gidrometriya Suv ob’ektlarida gidrologik kuzatish tarmoqlarini tashkil etish, suv rejimi elementlarini kuzatish, o‘lchash va to‘plangan ma’lumotlarni birlamchi qayta ishlash, umumlashtirish hamda davlat suv kadastri bo‘yicha bilim va malakalarni hosil qilishdan iboratdir.
5 Gidrografiya Er yuzining quruqlik va okeanlarga bo‘linishi, Dunyo okeani va uning qismlari, materiklar, bosh suv ayirg‘ichlar, ichki va tashqi oqim oblastlari, ularda shakllangan gidrografik tarmoqlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda O‘rta Osiyo gidrografiyasi, suv ob’ektlari haqida umumiy nazariy bilimlar berishdan iborat.
6 Gidrofizika Tabiiy suvlarning fizik xususiyatlarini, suv ob’ektlarida kechadigan fizik jarayonlar qonuniyatlarini o‘rgatish va natijada ularda muzliklar, qor qoplami va ulardan to‘yinadigan daryolar, ko‘llar, suv omborlari suv balansi elementlarini baholash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
7 Gidrokimyo Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi, tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi bo‘yicha tasniflari, gidrokimyoning tarkibiy qismlari, suv ob’ektlarida gidrokimyoviy tadqiqot ishlarini olib borish oshqa suv havzalarining gidrologik ko‘rsatkichlarini hisoblash, baholash hamda ulardan amalda foydalanish ko‘nikmalarini egallaydilar.
8 Gidrologiya asoslari Gidrosfera va uning tashkil etuvchilari - okenlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, yer osti suvlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda har bir tashkil etuvchining atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida ro‘y beradigan hodisalar qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat.
9 Gidrogeologiya Geologiya va gidrologiya olamida erishilgan yutuqlar hamda zamonaviy tushunchalar doirasida gidrogeologik dunyoqarashni rivojlantirish va ularning ongida – yer osti suvlari zaminimizning ajralmas qismi, yer osti gidrosferasining tarkibiy tomiri ekanligi haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
10 Meliorativ gidrologiya Sug‘oriladigan yerlarda kechadigan gidrologik, gidrogeologik va meliorativ jaryonlarning o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rgatish va ularda sug‘oriladigan yerlarning suv-tuz balansiga oid hisoblashlar va prognozlashlarni amalda qo‘llay olish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
11 Glyatsiologiya Muzliklarning  paydo bo‘lishi va to‘yinish sharoitlari, ularning tuzilishi, fizik xususiyatlari, harakati, tebranishi va rivojlanishi yoki degradatsiyasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va prognozlash usullarini, ularning namoyon bo‘lish qonuniyatlarini  o‘rgatishdan iborat.
12 Quruqlik suvlari muxofazasi Quruqlik suvlarini
muhofaza qilishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini hamda ulardan
amalda samarali foydalanish tamoyillarini o‘rgatidi.
13 Gidrologiyada statistik usullar va matematik modellashtirish Gidrologiyada qo‘llaniladigan zamonaviy statistik usullar va matematik modellashtirishning nazariy asoslarini o‘rgatish va ularda shu sohada to‘plangan bilimlarni amalda qo‘llay olish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
14 Okeanologiya Dunyo okeani tabiati, atmosfera va materiklar oqimining o‘zaro chambarchas bog‘liqligini va o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi yahlit tizim sifatida bo‘lganligining ilmiy bilimlarni shakllantirishga, okeandagi jarayonlar va hodisalar to‘g‘risida tassovurga ega bo‘lishini ta’minlashga  qaratilgan.
15 O‘zan oqimi dinamikasi va ulardan samarali foydalanish O‘zan oqimi dinamikasi va o‘zan jarayonlarining nazariy va amaliy asoslarini, o‘zan oqimi dinamikasi ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini, tabiiy o‘zanlarda suv va oqiziqlarning harakatlanishi, ularning o‘zan jarayonlariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat
16 Iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston tabiiy resurslar potensialiga ta’siri Inson xo‘jalik faoliyatining barcha soxalarining havfsizligi, samaradorligi ob-havo va iqlimga bog‘liq. Asosiy meteorologik kattaliklar, hodisalar va omillar to‘g‘risida bilimlar majmuasiga ega bo‘lish, meteorologik axborotlardan inson ho‘jalik faoliyatida samarali foydalanish usullarini o‘rgatishdan iborat.
17 Daryo oqimini hisoblash Daryo oqimining hosil bo‘lish jarayoni mexanizmining nazariy asoslarini, uning makon va zamon bo‘yicha taqsimlanish qonuniyatlarini o‘rgatish hamda ularda daryo oqimi elementlarini hisoblash usullarini amalda qo‘llay olish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
18 Suv texnik izlanishlar Turli suv ob’ektlarida suv texnik izlanishlarni tashkil etishni o‘rgatishga, rejalashtirishga, bu esa gidrometeorologik hizmatni tashkil qilish uchun bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlariga olib keladi.
19 Gidrotexik inshootlar Gidrotexnik inshootlar to‘g‘risida, gidrotexnik inshootlarni loyihalashning asosiy asosiy bosqichlarini, suv o‘tkazuvchi inshootlarni loyihalash va hisoblash usullarini o‘rgatishdan iborat.
  Suv resurslaridan samarali foydalanish Suv resurslari va uning eng asosiy tashkil etuvchilari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, Yer sharining suv resurslari va suv balansi, suv resurslarining materik va qit’alar hamda havzalar bo‘yicha taqsimlanishi, ularning to‘yinish sharoitlari va suv resurslarining shakllanish qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat.
  Gidrologiya va iqlimshunoslik Gidrosfera va uning tashkil etuvchilari - okenlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, yer osti suvlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda har bir tashkil etuvchining atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida ro‘y beradigan hodisalar qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat.

 


Magistratura  75030801-Gidrologiya (o‘rganish ob’ektlari bo‘yicha) mutaxassisligida o‘qitiladigan fanlar

Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Talabalarning ilmiy faolnyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘rn fikrlash mahoratini shakllantirish, ilmiy tadqiqot dasturini tuzishda nazariya va amaliyot birligiga rioya kilishni o‘rgatishdan ibopat.
2 Quruqlik gidrologiyasi Sayyoramizning suv qobig‘i-gidrosfera va uning tashkil etuvchilari-okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, yer osti suvlari, muzliklar, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda har bir tashkil etuvchining atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida ro‘y beradigan gidrologik hodisalar va jarayonlar qonuniyatlarini  o‘rgatishdan iborat.
3 Nazariy va amaliy gidrometriya Suv ob’ektlarida gidrologik kuzatish tarmoqlarini tashkil etish, suv rejimi elementlarini kuzatish va ularni birlamchi qayta ishlash, umumlashtirishning nazariy asoslarini hamda suv o‘lchash asboblari va qurilmalaridan amalda foydalanish tamoyillarini o‘rgatishdan iborat.
4 Antropogen gidrologiya Suv ob’ektlariga inson omili, ya’ni-antropogen omillar ta’sirini baholash, ularning ta’sirida suv havzalari gidrologik rejimining o‘zgarishi, daryolar suv oqimining boshqarilishi hamda ularning suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va malakalarni hosil qilishdan iboratdir.
5 Suvdan foydalanishning iqtisodiy ekologik asoslari Suv ob’ektlari, suv resurslari, ya’ni-suv resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishni baholash, ularning ta’sirida suv havzalari gidrologik va gidrokimyoviy rejimini o‘zgarishi, daryolar suv oqimining boshqarilishi hamda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va malakalarni hosil qilishdan iboratdir.
6 Suv resurslari muxofazasi va ulardan samarali foydalanish Suv ob’ektlarida, ularni muhofaza qilish maqsadida gidrokimyoviy,
gidrobiologik kuzatishlarni tashkil etish; gidrokimyoviy ma’lumotlarni
birlamchi qayta ishlash, umumlashtirish va ulardan ilmiy xulosalar chiqarish;
suv havzalarida kechadigan gidrokimyoviy va ifloslanish jarayonlarini baholash
kabilarni o‘rgatadi.
7 Sel toshqinlari gidrologiyasi   Sel toshqinlarini sodir bo‘lish qonuniyatlarini, ularni aniqlash va prognozlash usullarini  o‘rgatish va natijada ularda selxonalardan samarali foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.

3. Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1. Erlapasov Narziqul Baxromovich   Tog‘ daryolarining yer osti suvlari hisobiga to‘yinishini xususiyatlari

4. Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi O‘zgidromet huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti, xorijiy universitetilardan Germaniyaning Friburg  universiteti, Qozoqg‘istoning Taraz universiteti, Rossiyaning Moskva davlat universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.


5. Kafe dra tarkibi

Familiya ismi sharifi Elektron pochta
1 Yunusov G‘olib Xodjaevich g.f.n., dotsent- kafedra mudiri yunusov-g@mail.ru
2 Hikmatov Fazliddin Hikmatovich g.f.d., prof hikmatov_f@mail.ru
3 Muxamedjonov Shuxrat Shokirovich T.f.n., dotsent shuhrat.shakirov@mail.ru
4 Ziyaev Rahmat Raximovich g.f.f.d., (PhD) katta o‘qituvchi z-rahmat@mail.ru
5 Dovulov Nurullo Lapasovich o‘qituvchi dovulovnurulla@gmail.com
6 Hakimova Zilola Hikmatovna o‘qituvchi zilola_khakimova@inbox.ru
7 Raxmonov Komil Rajabovich g.f.f.d., (PhD), dos komiljons@mail.ru
8 Erlapasov Narziqul Baxromovich Katta o‘qituvchi erlapasov88@mail.ru
9 Quvvatov Dilmurod Rustam o‘g‘li stajyor-o‘qituvchi quvvatov.dilmurod@mail.ru
10 Xaydarova Orzigul Asqarovna o‘qituvchi orzigulasqarovna@gmailcom
11 Nishonov Baxriddin Erkinovich T.f.n., dotsent bnishonov@mail.ru
12 Mamajonova Gavxar DSc gavxar1402@mail.ru

6. Ilmiy labaratoriyalar (mavjud bo‘lsa)  (rus inglis tillarida)

Gidravlika va gidrometriya laboratoriyasi 2017 yilda Germaniyaning kompaniyasining so‘nggi texnologiyalari bilan jihozlanib, foydalanishga topshirilgan.

Laboratoriya quydagi asbob-uskunalari bilan jihozlangan:
HM 115 Gidrostatik qonunni o‘rganish uchun Trenajer;
HM 150.18 Osborna-Reynoldsa eksperment
HM 150.07 Bernulli prinsipi;
HM 150.08 Reaktiv kuchini o‘lchash;
HM 150.21 Ochiq kanalda oqim harakatini vizualizatsiyasi.

Mazkur priborlar yordamida suvning statik va dinamik bosimini o‘lchash, Bernulli prinsipini, oqimining harakat turlari, laminar va turbulent rejimini, gidravlik zarba, Reynoldsa sonini aniqlash va gidravlikaning boshqa qonuniyatlarini o‘rganilib kelinmoqda.


7. To‘garaklar

“Yosh gidrologlar” ilmiy to‘garagi mavjud;