Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bo'limi

Adashboyev Shavqiddin Mixriddinovich - Bo'lim boshlig'i
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
+998 71
 


Bo‘limning asosiy vazifalari

  1. Raqamli ta’lim muhitini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish va raqamli joriy etish;
  2. Raqamli ta’lim g‘oyalarini rivojlantirish va ommalashtirish, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun raqamli kompetentlikni oshirishga qaratilgan onlayn malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
  3. Professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar uchun WEB of Science, SCOPUS kabi nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil etish;
  4. Texnik vositalar va dasturiy mahsulotlardan foydalanish, zamonaviy o‘quv kontentlarini yaratish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda raqamli kontent va dasturiy vositalar ishlab chiqish;
  5. Pedagoglar faoliyatining sifat tahlili, raqamli kontentlar sifati va amaliyotda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish va monitoringini olib borish;
  6. Universitetda LMS ta’lim platformalarini takomillashtirish va ARM faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.