Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Axborot texnologiyalar markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi 230-sonli 2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga muvofiq, universitet Ilmiy kengashi qarori hamda universitet rektorining 2001 yil 22 sentyabrdagi 01-475 buyrug‘i asosida Hisoblash markazi negizida tashkil etilgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy ba o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2021 yil 16 apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12 apreldagi 20-2021-Q/Q-son hamda Moliya vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 22-son “Oliy ta`lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat `korsatuvchi va qo`shimchalar kiritish haqida” gi qaroriga asosan Axborot texnologiyalar markazi negizida   Raqamli ta`lim texnologiyalari markazi tashkil etildi va faoliyatini boshladi.

  Axborot texnologiyalar markazining (ATM) tasarrufida

  1. Raqamli ta`lim texnologiyalarni joriy etish,
  2. Tarmoqlarni boshqarish,
  3. Texnik qo‘llab quvvatlash,
  4. Axborot havfsizligini ta’minlash bo‘limlari faoliyat olib boradi.

Hozirgi kunda Universitetda 32 ta kompyuter sinflari faoliyat olib boradi. Markazning asosiy vazifasi universitet o‘quv va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborotkommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

Markaz faoliyati haqida ma’lumot

   Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.

Markaz xo‘jalik subektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va O‘ZMU Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.

Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va O‘ZMU Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

Markaz quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:

  • Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish.
  • Axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish.
  • Masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish.
  • Horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash.
  • Internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish.
  • Hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash.
  • Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash.
  • Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish.
  • Ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish.
  • Masofaviy video o‘qitish kurslarini, Video konferensiyalar tashkil qilish va o‘tkazish. 

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun, O‘ZMU intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish.
  • O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash.