Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabi vakillari O’zMUda

Bugun, 17-noyabr kuni, Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabi prorektori o‘rinbosari Mariya Aleksandrovna Nagernyak, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi “Inson salohiyatini fanlararo tadqiq qilish markazi” jahon miqyosidagi ilmiy markaz direksiyasi direktori oʻrinbosari, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi Ijtimoiy siyosat instituti, Stratifikatsiya tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Vasiliy Aleksandrovich Anikin, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi Ijtimoiy siyosat instituti direktori o‘rinbosari Oksana Vyacheslavovna Sinyavskaya va Ekspert instituti direktori, Amaliy iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, Milliy tibbiyot fanlari markazi, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi loyiha menejeri Ilya Borisovich Voskoboynikov O'zbekiston Milliy Universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida universitetilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro konferensiyalar tashkil qilish, barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xalqaro tadbirlar tashkil qilish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish to‘g‘risida fikr bildirdilar.

Shuningdek doktorantlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil qilish talabalarning yozgi maktablari borasida takliflar bildirildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi