Rossiya Federatsiyasining Povoljsk davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti bilan akademik mobillik

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti va Rossiya Federatsiyasining Povoljsk davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti oʼrtasida imzolangan Аnglashuv Memorandumi doirasida joriy yilning 14-28 iyun kunlari Povoljsk davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universitetining katta oʼqituvchisi Аleksey Kaplev va 3 nafar talabasi OʼzMU Taekvondo va sport faoliyati fakultetida oʼquv-jismoniy mashgʼulotlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida joriy yilning 22 iyun kuni mazkur oʼqituvchi va talabalarni Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova qabul qilib ular bilan akademik mobillikni yanada faollashtirish, talaba-yoshlar oʼrtasida turli xil sport musobaqalari oʼtkazish borasida suhbatlashdi.


Xalqaro aloqalar bo'limi