“Round University Ranking (RUR) – RUR Ranking Agency” – Rossiya tomonidan e’lon qilingan dunyoning yetakchi universitetlarining xalqaro reytingi 2022 yilgi natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston Milliy universiteti jahon reytingida 754-o‘ringa ega bo‘lib, o‘qituvchilar reytingida 530-o‘rin (2021 yilda 613-o‘rin), ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha 801-900-o‘rin (2021 yilda – 812-o‘rin), Xalqaro xilma-xillik reytingda 485-o‘rin (2021 yilda - 409), Moliyaviy barqarorlik reytingida 775-o‘rinni (2021 yilda - 793) egalladi. Ushbu reyting 13 yildan buyon dunyoning 85 ta davlatidan 1200 ta nufuzli universitetni 4 ta yo‘nalish bo‘yicha taqsimlangan 20 ta ko‘rsatkich bo‘yicha taqqoslab keladi.
– Bu natijalar universitet ta’lim sifatini ko‘tarish, ilmiy tadqiqot olib borish borasida o‘z natijalarini yaxshilaganidan dalolat beradi, – deydi universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova.
– Mazkur reytingda O‘zbekiston Respublikasidan faqatgina O‘zMU TOP-1000 universitetlar qatoriga kirgan birinchi universitetdir.
N.Rahmonova, O‘zA