15 факультетов. 80 кафедры. 16 совместных образовательных программ. Количество студентов 30 000+. Количество профессоров и преподавателей 2000+. Количество выпускников 200 000+.

Falsafa fani missiyasi oʼz ishini xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada boshladi

2021 yil 19 may kuni Qozokiston Respublikasi Kustanay davlat universiteti, KNU, YEGU xamda O‘zbekiston, Tojikiston, Ukraina, Kirg‘iziston va Belorusiya falsafa fani olimlari bilan hamkorlikda «Falsafa fani missiyasi: falsafaning fan sifatida shakllanish tarixi va uni rivojlanish istiqbollari» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiyaga Denis Anatolevich Kacheyev moderatorlik qildi. Shuningdek, anjumanda O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri, professor, falsafa fanlari doktori Nigina Shermuxamedova «Idrokning ratsionalligi falsafasi» mavzusida ma’ruza qildi.

Tojikistonlik spiker professor Farrux Xudoydodzoda Tojik falsafasi xaqida, YENU professori K. Medeuova kosmik falsafa xaqida kiskacha so‘zlab berdi. Qirg‘izistonlik spiker esa ommaviy madaniyatning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri haqida o‘z nutqida ta’kidlab o‘tdi.

2021 yil 21 mayda falsafa fanlari doktori professor O‘zbekiston Milliy universitetining Falsafa va manaviyat asoslari kafedrasi mudiri Niginaxon Shermuxamedova Tojik Milliy universiteti huzuridagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda o‘zining birinchi xorijiy doktoranti Korixonov Saidvaqqos Olimxonovichning falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ximoyasida ishtirok etdi.

Joriy yilning 20-24 may kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri professor Niginaxon Arslonovna, falsafa fakulteti dekani d.f.n. Maxmadizoda Nozim va Tojikiston Milliy universiteti Ontologiya va gnoseolrgiya kafedrasi mudiri d.f.n. Farrux Begidjon Xudoyzoda “Ontologiya va gnoseologiya” hamda “falsafa va fan metodologiyasi” mavzuida 3-4 kurs talabalari va falsafa mutaxassisligi magistrantlariga dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

O‘zMU Axborot xizmati