Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Jurnalistika fakulteti dekan oʻrinbosari “Uchinchi renessans — yoshlar nigohida” Respublika bosqichi g‘olibi

“Uchinchi renessans — yoshlar nigohida” respublika tanlovining oʻtkazilishdan maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O'zbekistonda yangi
bir uyg'onish - Uchinchi Renessans davriga oid fikrlarining mazmun-mohiyatini keng o'rganish hamda targ'ib etish orqali yoshlarni jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy- siyosiy jarayonlardagi faolligi, intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot ishlarini faollashtirish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashdan iborat. Tanlov quyidagi 6 ta nominatsiya boʻyicha Yoshlar ishlari agentligida oʻtkazildi:

besh muhim tashabbusni keng joriy etishning ilg'or texnologiyalari nominatsiyasi;
-yoshlar o'rtasida IT texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy usultari nominatsiyasi;
-xorijiy tillarni o'zlashtirishning zamonaviy usullari nominatsiyasi;
-yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishning ta'sirchan mexanizmlari nominatsiyasi;
-yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash, inklyuziv taolimni rivojlantirishda innovatsion yechimlar nominatsiyasi;
-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullari nominatsiyasi.
“Yoshlar o‘rtasida IT texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy usullari nominatsiyasi” bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari boʻyicha dekan o‘rinbosari Ravshanjon Omonov faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Tanlovning yakuniy bosqichida oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan 153 nafar yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar ishtirok etdi.
G‘olib va sovrindorlar 1-o‘rin 30 mln, 2-o‘rin 20 mln, 3- o‘rin 10 mln so‘m pul mukofotlari va maxsus sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Ma’lumot uchun, tanlov gʻoliblari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilinadi.