Национальному университету Узбекистана имени Мирзо Улугбека - 105 лет!

Lion universiteti Xalqaro fransuz tadqiqoti markazi vakillari O'zMUda

Bugun, 11-aprel kuni, Fransiya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakili Serge Bellini hamrohligida Lion universiteti Xalqaro fransuz tadqiqoti markazi direktori Fransua Violay va Stendal universiteti Xalqaro fransuz tadqiqoti markazi direktori Gaelle Karsher O‘zbekiston Milliy universitetga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad fransuz tili o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, fransuz tilini o‘rganayotgan talabalar uchun yozgi maktablar tashkil qilish masalalarini muhokama qilishdir. Shu bilan birga, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Shirinova Raima Hakimovna joriy yilda O‘zMUda xorijiy talabalar uchun an’anaviy tarzda tashkil etiladigan yozgi maktabda Lion va Stendal universitetlari talabalarini qabul qilishdan mamnun bo‘lishlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar va yozgi maktabning faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdilar.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga kelishib olishdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi