15 факультетов. 80 кафедры. 16 совместных образовательных программ. Количество студентов 30 000+. Количество профессоров и преподавателей 2000+. Количество выпускников 200 000+.

«Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʼliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzuidagi konferentsiyada ishtirok etgan universitet koʼngilli yoshlari taqdirlandi!

Bugun, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan joriy yilning 15-16 iyulь kunilarida oʼtkazilgan Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʼliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferentsiyada universitetdan ishtirok etgan koʼngilli volontyor-tarjimon yoshlarga universitet rektorining Tashakkurnomasi topshirildi.
Masofaviy shaklda tashkil etilgan ushbu taqdirlash marosimida OʼzMU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Botir Mallabaev, OʼzMU Yoshlari yetakchisi Аbdumoʼmin Usmanov, Xorijiy filologiya fakulьtetining Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari
Xurshid Ergashev hamda koʼngilli volontyor-tarjimon yoshlar ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir yakunida universitetimizning koʼngilli volontyor-tarjimon yoshlari joriy yilning oktyabrь oyida boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlariga ham yanada faol tayyorgarlik koʼrishlarini bildirdi.

OʼzMU Yoshlar bilan ishlash,
maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi