15 факультетов. 80 кафедры. 16 совместных образовательных программ. Количество студентов 30 000+. Количество профессоров и преподавателей 2000+. Количество выпускников 200 000+.

OʼzMUda “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi musobaqalarning final bosqichi oʼtkazildi

Bungi kunda yurtimiz vakillari Olimpiya va Osiyo oʼyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda turli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar.
Yurtimizda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʼz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʼlgan ishonchini mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuygʼularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yoʼnaltirilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bungi kunda yurtimiz vakillari Olimpiya va Osiyo oʼyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda turli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 martdagi videoselektor yigʼilishida ilgari surilgan va bugungi kunda umummilliy harakatga aylangan 5 ta tashabbusning 2-yoʼnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish boʼyicha 2021 yilning 24 yanvarь kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti hamda Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar oʼrtasida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida sportning voleybol, basketbol va mini-futbol turlari boʼyicha musobaqalarga start berilgan edi.

Hafta davomida qizgʼin baxslarga boy boʼlgan musobaqa oʼyinlari kuni kecha yakunlandi.

Taqdirlash marosimida soʼzga chiqqan, Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti dekani V.Raximov, O`zLiDeP Toshkent shahar Olmazor tuman Kengashi raisi B.Sagatovlar talaba-yoshlarni qutlab gʼolib va sovrindorlarni qimmatbaxo sovgʼalar bilan taqdirlashdi.

OʼzMU Аxborot xizmati