Национальному университету Узбекистана имени Мирзо Улугбека - 105 лет!

Osh davlat universiteti talabalari akademik almashinuv asosida O’zMUda

Bugun 20 noyabr sanasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetiga Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universiteti talabalari akademik almashinuv xamkorlik shartnomasiga asosan akademik mobillik dasturi doirasida kuzgi smestrda tahsil olish uchun universitetiga tashrif buyurishdi.

Mazkur talabalar Iqtisodiyot, Kimyo va Xorijiy Filologiya fakultetlarida 20 noyabrdan 20 yanvarga qadar tahsil olishadi.

Xorijiy talabalar bilan uchrashuvda Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova ularga universitetda taxsil olish, kredit-modul tizimi va yotoqxona sharoitlari tug‘risida maʼlumot berdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi