15 факультетов. 80 кафедры. 16 совместных образовательных программ. Количество студентов 30 000+. Количество профессоров и преподавателей 2000+. Количество выпускников 200 000+.

UNIVERSITET IQTIDORLАRI XАLQАRO KONFERENSIYA VOLONTYORLАRI

Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy iqtisodiy islohotlar qatorida yoshlarimizga qaratilgan davlat darajasidagi eʼtibor qisqa fursatda oʼz samarasini bermoqda desak mubolagʼa qilmagan boʼlamiz. Boisi kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan oʼtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʼzaro bogʼliqlik.Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferentsiyasida tashrif buyuruvchi delegatsiya vakillari hamda xalqaro jurnalistlarga Oʼzbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ustoz murabbiylari bilan bir qatorda iqtidorli talabalarning volontyor tarjimon sifatida hamroh boʼlganliklari xorijiy tillarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturining oʼz vaqtida qabul qilinganligining yorqin namunasi boʼldi.
Xalqaro konferentsiyaga talabalarning tayyorgarlik koʼrish jarayonlari bevosita amaliyot bilan bogʼliq holda tashkil etilgan boʼlib, dastlabki bosqichda talabalar yurtimizda oʼtkazilayotgan xalqaro konferentsiyaning mazmun mohiyati xaqida maʼruzalar tashkil etilib, shu bilan bir qatorda “Oʼzbekiston tarixi va madaniyati” mavzuidagi maʼruzalar tinglash asnosida yurtimizning boy maʼnaviy va madaniy merosi xaqidagi bilimlarni boyitgan boʼlsalar, “Volontyorlik etikasi va muloqot madaniyati” mazuidagi maʼruzalarda oʼzlarining soʼzlashuv uslublariga ega boʼlishlari toʼgʼrisidagi amaliy tajribalarini oʼrtoqlashdilar.
Bir hafta mobaynida talabalarning bilim va koʼnikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy harakatlari xalqaro konferentsiya ishtiokchilari tashrif buyuradigan xalqaro aeroportdan boshlanib, mehmonxonalar va konferentsiya oʼtkaziladigan anjumanlar saroyigacha boʼlgan manzilni qamrab oldi. Yuqori martabali mehmonlarni Oʼzbekistondek janatmakon yurtga munosib mehmondoʼstlik anʼanalariga monand kutib olishlari uchun mutasaddi tashkilotlar, idora va vazirliklar barcha shart sharoitlarni yoshlarimizga yaratib berganliklari ham nufuzli anjumanda talabalarning yurtimiz yoshlari bugun qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini yaqqol namoyon etdi.
Xorijiy tillarni mukammal oʼrgatishda muhim oʼrin tutadigan nufuzli universitetlar qatorida Oʼzbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya fakulьteti talaba yoshlari ham ustoz murabbiylari safida oʼz iqtidorlarini yana bir bor kashf etish imkoniyatiga ega boʼldilar.
Oʼqituvchi pedagoglar jahonda reytingi yuqori boʼlgan gazeta jurnallar va internet nashrlari muharrirlariga tarjimon hamroh boʼlishlari asnosida xalqaro nashrlarda yurtimizda boʼlib oʼtayotgan xalqaro konferentsiya toʼgʼrisidagi maqolalarning dunyo matbuoti saxifalaridan oʼrin olishida koʼmakchi boʼldilar. Xususan mohir pedagog M.Аbdullaeva “Diplomatis World” jurnali bosh muharriri Barbara Ditrixga tarjimonlik etgan boʼlsa, Ingliz tili fani oʼqituvchisi D.Xabibraxmonova jurnalist Erin Levi Sharlotta xonimni nafaqat anjumanda ishtiroki balki yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga xam tashrifida hamrohlik qildilar. Fakulьtet pedagoglari safida qisqa vaqt mobaynida oʼz oʼrniga ega boʼlib borayotgan oʼqituvchi S.Oʼrolov ingliz tilida nashr etiladigan “Daily Spokesman” gazetasining bosh muharriri Xan Muxammad Navid Аxmedga anjumanning mamlakatlar oʼrtasida muhim koʼprik vazifasini oʼtashida iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda madaniy va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish toʼgʼrisidagi davlatimiz rahbari nutqini madaniy maskanlarga tashrifi mobaynida yoritib berdi. Oʼz oʼrnida xorijlik bosh muharrir Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlkatlari yoshlari kegashini tuzish taklifiga katta qiziqish bilan qaraganligini bildirib oʼtdi.
Ustoz murabbiylaridan ibrat olgan iqtidorli talabalarimiz ham xalqaro miqyosda samarali faoliyat yuritib kelayotgan matbuot xodimlariga vatanimizning mexmondoʼstligi xamda boy tarixiy merosini batafsil yoritishda, xalqaro konferentsiyaning muhim jixatlariga jurnalistlarning eʼtiborini tortishda kamarbasta boʼldilar desak mubolagʼa qilmagan boʼlamiz. Nemis tili yoʼnalishi magistrantlari J.Nurqulov va U.Ernazarovlar Germaniyada chop etiladigan “Аfisha Аugsburg” jurnali noshiri Igorь Kilin hamda “International Media Projects”nashri rahbari Evald Kenigning anjumandagi tashrifi safarida poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Universitetning birinchi bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan N.Baxodirova “EU Reporter” internet nashri jurnalisti Viktoriya Makdonalьdga tarjimon volontyor sifatida hamrohlik qilgan boʼlsa, M.Gʼulomova Polьsha respublikasining “Dziennik Trybuna “ gazetasi muharrir oʼrinbosari Аndjey Drishelning tarjimoni darajasida faoliyat olib bordilar.


Iqtidorli talabalar sifatida xalqaro anjumanga tavsiya etilgan G.Joʼraeva, GSaidberdieva, Z.Ruzmatova, B.Normetova, U.Yoʼldoshev, M.Yunusxodjaeva, M.Xakimova, O.Yangiboev, K.Maxmudova, M.Raximjonova, J.Sanoatov, M.Gʼulomovalar Аzerbayjon televideniyasi Аxborot departamenti direktori oʼrinbosari Oridjev Yunis Gurbanali Oglы,Rossiya federatsiyasidan tashrif buyurgan muhbir Kirill Krivosheev,Tojikiston respublikasining “Аvesta” axborot agentligi muhbiri Qurbonov Ismoil Subxonovich,”Xovar” internet nashri muhbiri Xushnud Raxmatullo, oʼzbek tilida nashr etiladigan “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri Yoqubjon Аbdumannonzodalarga hamrohlik qilish barobarida xalqaro miqyosda oʼtkaziladigan konferentsiyalarda ishtirok etish koʼnikmalarini shakllantirdilar.
Xalqaro konferentsiya iqtidorli yoshlarimizning yana bir bor oʼz bilim va koʼnikmalarini nechogʼli axamiyatga ega ekanligini belgilash imkonini berdi. Kelgusi volontyorlik faoliyatlarida maqsad va vazifalaridan ogʼishmay yurtimiz ravnaqiga oʼz xissalarini qoʼshish imkoniyati yaratib berilganligidan oqilona foydalanib, kelajak bunyodkorlari boʼlishdek yuksak marralarni zabt etishlari alohida ahamiyatga molik.
Ushbu nufuzli anjumanda talabalrimizning munosib ishtirok etishlari uchun Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan shart sharoitlar yartib berildi. Oʼz oʼrnida alohida taʼkidlash kerakki, universitetimizning Yoshlar bilan ishlash boʼlimi masʼullari dekan oʼrinbosarimiz X.Ergashev hamda prorektorimiz K.Mirzaaxmedovlar tunu-kun biz bilan birga belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda oliy darajada oʼtkazilgan xalqaro konferentsiyada universitetimiz talabalarining ibratli ishtiroklari uchun zamin yaratib berdilar.
Iqtidorli talabalarimizning oliy darajadagi xalqaro konferentsiyalardagi ishtiroki davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosatining uzviy davomi sifatida kelajak bunyodkorlari boʼlgan talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Volontyorlar sardori 1 kurs magistranti
Kamola Umarova