{"id":24484,"title":"TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!","content":"<p><\/p>\n<div style=\"max-width: 90%; margin: 0 auto;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 16px;\"><strong><span style=\"line-height: 28px; color: #213364;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi \u201cRespublika oliy ta\u02bclim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.<\/span><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14px;\">Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi O\u2018zbekiston milliy universitetiga xususiy tashabbuskor \u201cMEHNATKASH\u201d MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi O\u2018zbekiston milliy universiteti (0,3 gektar) hududida 1000 o\u02bbringa mo\u02bbljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14px;\">Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cDavlat-xususiy sheriklik to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonuni hamda O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli \u201cDavlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 16px;\"><strong><span style=\"color: #000000;\">Ilova qilinayotgan hujjatlar:<\/span><\/strong><\/span><\/p>\n<table style=\"border-collapse: collapse; width: 100%; height: 116px;\">\n<tbody>\n<tr style=\"height: 10px;\">\n<td style=\"width: 50%; height: 25px; text-align: left;\"><span style=\"font-size: 14px;\"><u><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.mf.uz\/media\/filestore\/task_10042193.png\" alt=\"\" width=\"50\" height=\"50\" \/><\/u> \u00a0 <a href=\"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/Manfaatdorlikni_bildirish_shakli_OzMU.docx\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Qiziqish bildirish uchun so\u02bbrov shakli;<\/a><u><br \/>\n<\/u><\/span><\/td>\n<td style=\"width: 50%; height: 25px; text-align: left;\"><span style=\"font-size: 14px;\"><u><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.mf.uz\/media\/filestore\/contract_100422611.png\" alt=\"\" width=\"50\" height=\"50\" \/><\/u>\u00a0 \u00a0<a href=\"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/OzMU.pdf\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Loyiha konsepsiyasi;<\/a><\/span><\/td>\n<\/tr>\n<tr style=\"height: 40px;\">\n<td style=\"width: 50%; height: 91px;\"><span style=\"font-size: 14px;\">\u00a0 <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.mf.uz\/media\/filestore\/presentation_10042235.png\" alt=\"\" width=\"50\" height=\"50\" \/>\u00a0 <a href=\"\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Loyiha to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumot.<\/a><\/span><\/td>\n<td style=\"width: 50%; height: 91px;\"><\/td>\n<\/tr>\n<\/tbody>\n<\/table>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14px;\">Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar loyiha e\u2019longa qo\u2018yilgan kundan boshlab 45 kun ichida <strong><u>\u201cQiziqish bildirish shakli\u201d<\/u> <\/strong>ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak<\/span><\/p>\n<table style=\"border-collapse: collapse; width: 65.3979%; height: 178px;\">\n<tbody>\n<tr style=\"height: 27px;\">\n<td style=\"width: 100%; height: 27px;\"><span style=\"font-size: 14px;\"><strong>Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi O\u2018zbekiston milliy universiteti<\/strong><\/span><\/td>\n<\/tr>\n<tr style=\"height: 57px;\">\n<td style=\"width: 100%; height: 40px;\"><span style=\"font-size: 14px; color: #000000;\">\u00a0 \u00a0 \u00a0 <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.mf.uz\/media\/filestore\/message_6932547.png\" alt=\"\" width=\"35\" height=\"35\" \/> Elektron pochta manzili: <a href=\"mailto:devonxona@nuu.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">devonxona@nuu.uz<\/a><br \/>\n<\/span><\/td>\n<\/tr>\n<tr style=\"height: 57px;\">\n<td style=\"width: 100%; height: 54px;\"><span style=\"font-size: 14px; color: #000000;\">\u00a0 \u00a0 \u00a0 <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.mf.uz\/media\/filestore\/phone_6933387.png\" alt=\"\" width=\"35\" height=\"35\" \/> Telefon raqami: +998(71) 227-12-24, (71) 246-02-20<\/span><\/td>\n<\/tr>\n<tr style=\"height: 52px;\">\n<td style=\"width: 100%; height: 57px;\"><span style=\"font-size: 14px;\">\u00a0 \u00a0 \u00a0 <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/api.mf.uz\/media\/filestore\/location_M5KgWJv.png\" alt=\"\" width=\"35\" height=\"35\" \/> Manzil: 100174, Toshkent shahri Universitet ko\u2018chasi 4-uy.<span style=\"color: #000000;\"><br \/>\n<\/span><\/span><\/td>\n<\/tr>\n<\/tbody>\n<\/table>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<hr \/>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14px;\">\u201cDavlat-xususiy sheriklik to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so\u2018rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o\u2018tkaziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14px;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<\/div>\n<p><\/p>","date":"2024-12-20 14:28:12","image":null}