{"id":2768,"title":"Hamkorlik memorandumi doirasidagi istiqbolli uchrashuv","content":"<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"http:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora2-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-2770\" srcset=\"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora2-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora2-300x200.jpg 300w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora2-768x512.jpg 768w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora2.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"510\" src=\"http:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora3-1024x510.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-2771\" srcset=\"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora3-1024x510.jpg 1024w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora3-300x150.jpg 300w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora3-768x383.jpg 768w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora3.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>Avval xabar berganimizdek, Mirzo Ulug\u2019bek nomidagi O\u2019zbekiston Milliy universiteti va O\u2019zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ushbu memorandumning maqsadi ta\u2019lim sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda o\u2019quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyatlari yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yo\u2019lga qo\u2019yishdan iborat.<br>Joriy yilning 23-noyabr kuni mazkur hamkorlik memorandumi doirasida O\u2019zMU Axborot xizmati, Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika fakultetlarining bir guruh vakillari O\u2019zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Mirzo Ulug\u2019bek nomidagi O\u2019zbekiston Milliy universiteti va O\u2019zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot xizmatlari mediastudiyada hamkorlikda ishlash, O\u2019zMU Jurnalistika fakulteti talabalar amaliyotini Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot xizmatida o\u2019tashga kelishib olindi.<br>Shu bilan bir qatorda, tegishli yo\u2019nalishlar bo\u2019yicha o\u2019zaro masofaviy ta\u2019lim tizimini joriy etish, ilmiy va amaliy yutuqlarni amaliyotga tadbiq etish, professor-o\u2019qituvchilar hamda talabalar almashinuvi va shu kabi masalalar muhokama qilindi. Hozirgi kunda ikki universitet hamkorlikda o\u2019quv qollanmalar, darsliklar chop etishyapti, ochiq dars mashg\u2019ulotlari, seminar-treninglar tashkil etilyapti.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>O\u2019zMU Axborot xizmati<\/strong><\/p>","date":"2021-11-24 16:04:00","image":"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/sitora1.jpg"}