{"id":2786,"title":"\u201cComputing\u201d mavzuidagi ochiq dars","content":"<p><\/p>\n\n\n\n<p>2021-yilning 23-noyabr kuni I-juftlikda Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi O\u2018zbekiston Milliy universiteti \u201cGeografiya va tabiiy resurslar\u201d fakulteti 105-auditoriyada Xorijiy til (Ingliz tili) fanidan \u201cComputing\u201d mavzusida ochiq dars bo\u2018lib o\u2018tdi. Ochiq dars Xorijiy filologiya fakulteti \u201cFakultetlararo ingliz tili\u201d kafedrasi stajyor-o\u2018qituvchisi&nbsp; Zarinaxon Jo\u2019rayeva tomonidan olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu ochiq dars Ta\u2019lim sifatini nazorat qilish bo\u2019lim boshlig\u2018i Shuhrat Lakayev va Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi mudiri Dilnoza Mazlitdinova tomonidan kuzatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018qituvchi darsda bir necha maqsadlarni ilgari surdi, jumladan, talabalarni belgilangan mavzu bo\u2018yicha kerakli bilimlar bilan ta\u2019minlash, ularga mavzuni to\u2018liq yoritib berish, talaba yoshlarning zamonaviy texnologiyalar mavzusi bo\u2018yicha fikr mulohazalarini bilish, kompyuter va boshqa turli texnik vositalarning afzalliklari va kamchiliklari haqida fikr almashishdi. Ushbu maqsadlarga erishishda o\u2018qituvchi turli qiziqarli interaktiv metodlardan foydalandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ochiq dars davomida talabalar guruh bo\u2018lib ishladilar va har bir guruh a&#8217;zolarining birgalikda dars davomida faol qatnashishi o\u2018qituvchi tomonidan nazorat qilindi. Mashqlar ketma-ketligi to\u2018g\u2018ri belgilandi. Asosiysi o\u2018qituvchi tomonidan berilgan ko\u2019rsatmalar aniq va tushunarli bo&#8217;ldi. Mashg\u2018ulot davomida Communicative Language Teaching (CLT), discussion, Project Based Learning (PBL), TPR kabi zamonaviy metodlardan samarali foydalanildi va dars ijobiy baholandi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>O\u2018zMU Axborot xizmati<\/strong><\/p>","date":"2021-11-24 16:00:00","image":"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/cop2-min.jpg"}