15 факультетов. 80 кафедры. 16 совместных образовательных программ. Количество студентов 30 000+. Количество профессоров и преподавателей 2000+. Количество выпускников 200 000+.

YANGI OʼZBEKISTONDА ERKIN VА FАROVON YAShАYLIK!

2021 yil 30 avgust kuni Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusidagi “Mustaqillik darslari”ni tashkil etish boʼyicha seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda universitetning barcha fakulьtetlaridan kafedra mudirlari, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosarlari hamda guruh murabbiylari ishtirok etdilar.
Seminar-treningni Yoshlar masalalari, va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor Kamoliddin Mirzaaxmedov kirish soʼzi bilan ochib berdi hamda barcha bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun moʼljallangan “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi “Mustaqillik darslari” boʼyicha soatlar taqsimoti hususida toʼhtalib oʼtdi.
Yigʼilganlarga Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri, Iqtisod fanlari doktori Nozim Muminov, Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlim kafedrasi kafedra mudiri, professor Аkbar Utamurodov, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professori Xasan Аbulkasimovlar oʼzlarining maʼruza va taqdimotlari bilan qisqacha maʼlumotlar berdilar.

OʼzMU Аxborot xizmati