Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

Bo'lim boshlig'i: XASANOV MIRALISHER MIRSAID O‘G‘LI
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
Tel:
E-mail:

    Bo‘lim universitetda fakultetlar, talabalar turar joylarida yoshlar bilan ishlashni tashkil etish va nazorat qilish, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan fakultet dekanlari, ularning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

    Shuningdek bo‘lim ish faoliyati davomida talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish, universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda ishtirok etish, tegishli me’yoriy hujjatlar, chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqish, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda ishtirok etuvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

      Bo‘limning tarkibi: 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 5 nafar uslubchilardan iborat.