“Rus tili va adabiyotining jahon madaniyatidagi o‘rni” mutaxassiligi bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturi muhokama qilindi

Bugun, 22-aprel kuni O‘zMU prorektorlari, Xorijiy filologiya fakulteti dekani, kafedra mudirlari Qozon Federal universiteti prorektori va bo‘lim boshliqlari bilan uchrashdilar(onlayn). Onlayn uchrashuvda tomonlar 2022-2023 o‘quv yillarida “Rus tili va adabiyotining jahon madaniyatidagi o‘rni” mutaxassiligi bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturini yo'lga qo‘yish o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari va imtihon jarayonlarini tashkillashtirish masalalarini muhokama qildilar.


O’zMU Axborot xizmati