Sardoba tumanida maktab o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar va o‘quvchilari uchun O’zMU “Rektor kubogi” o‘tkazildi




O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan joriy yil 14-may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani 15-son maktabda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan yakka tartibda profilaktik ishlarni tashkil etish yuzasidan sinf rahbarlar uchun seminar-treninglar va bituruvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni" tashkil qilindi.
Mazkur seminar-treninglar va ochiq eshiklar kunida O‘zMU prorektorlari, dekanlari, “Psixologiya”, “Ijtimoiy ish”, “Sotsiologiya”, “Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi”, “Falsafa va mantiq” kafedralari mutaxassis olimlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan “BESH MUHIM TASHABBUS” doirasida Sardoba tumani maktablarida “Rektor kubogi” uchun maktablararo sportning “Futbol”, “Volyeybol”, “Shaxmat”, “Shashka”, “Stol tennisi”, “QVZ” va “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
22 ta umumtaʼlim maktablararo o‘tkazilgan ushbu musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari va o‘quvchilariga tuman Madaniyat markazi faollar zalida O‘zMU “Rektor kubogi”, diplom, tashakkurnoma hamda estalik sovg‘alari o‘z egalariga topshirildi. Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi rahbariyati ishtirok etgan ushbu tadbirda mazkur seminar-trening va sport musobaqalarini muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.
O’zMU Axborot xizmati