Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Saudiya Arabistoni qirolligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi O‘zMUga tashrif buyurdi

Saudiya Arabistoni qirolligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yusuf Al-Utaibi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Saudiya Arabistoni qirolligi elchisi uzoq o‘tmishga ega otaxon universitetda mehmon bo‘layotganidan mamnun ekanligini bildirib, O‘zbekiston Milliy universitetining salohiyatining yuqori ekanini ta’kidlab, universitet diplomi Saudiya Arabistonida ham tan olinishini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, elchi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga qilgan davlat tashrifidan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganligiga urg‘u berib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inom Madjidov O‘zbekistonda Arab dunyosi va ayniqsa Saudiya Arabistoni taʼlim tizimiga qiziqish yuqori ekanligini maʼlum qildi.
Tomonlar kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan takliflarni muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida qoʻshma loyihalar va tashabbuslarni jadal rivojlantirish, shuningdek, mavjud kelishuvlar ijrosini monitoring qilib borish maqsadida yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

O‘zMU Axborot xizmati