Scopus bazasida indeksatsiya qilinadigan jurnallar muhokamasi



Bugun, 16 iyul 2022 yil kuni Elsevier vakillari yani Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mintaqaviy rahbar Damir Raxmetov va Markaziy Osiyodagi Elsevier analitik yechimlari bo‘yicha maslahatchi Kiril Ivanovoar universitetga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda tomonlar Scopus ma’lumotlar bazasida indekslanadigan O‘zMUning matematika va Gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy jurnal larini tashkil etish borasida fikr almashdilar. Shuningdek, Scopus va Sciwal analitik bazadan foydalanishga qaratilgan bir qator masalalarni muhokama qilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarning ketma - ketligini belgilab oldilar.
Xalqaro aloqalar bo'limi