Sevilla Universiteti experti O’zMUga tashrif buyurdi

21-22 iyun kunlari Erasmus+ dasturi UNICAC “Oʼrta Osiyo va Xitoy universitetlari orasida bilim ayirboshlash boʼyicha hamkorlik” loyihasi doirasida Ispaniyaning Sevilla Universiteti experti Rafayel Vagner (Rafael Wagner) O’zMUga tashrif buyurdi. UNICAC loyihasi maqsadiga ko’ra O’zMU doktorantlari va izlanuvchilari uchun “International experience on research (experience of University of Seville)” mavzusida ma’ruza o’qishi rejalashtirilgan.
Ekspert o’z ma’ruzasida Sevila universiteti ilmiy faoliyati, tadqiqotchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va halqaro dasturlar haqida gapirib berdi. Bu hamkor universitetlar o’rtasida o’zaro akademik ayirboshlash va hamkorlik aloqalarni oʼrnatish uchun platforma yaratish, hamkasblar oʼrtasida tajriba almashishga yordam beradi.



Xalqaro aloqalar bo'limi