Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Shayhontohur tumanida joylashgan Respublika onkologiya markazida hayriya tadbiri o'tkazildi

Bugun 6- iyun kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti 1,2,3 bosqich talabalari va tyutorlar Tangriyeva M. Xushvoqov D.Ubaydullayeva Z tashabbuslari bilan Shayhontohur tumanida joylashgan Respublika onkologiya markazida hayriya tadbiri o'tkazildi.

Hayriya tadbiri davomida Respublika onkologiya markazi bolalar bo'limidagi bemor bolalarni xursand qilish maqsadida hayriya mablag'lari hisobidan o'quv qurollari va yumshoq o'yinchoqlar olib berildi. Qolgan mablag' esa bolalarni davolash maqsadida dori vositalarini sotib olish uchun o'tkazib berildi.

Ushbu hayriya tadbiri davom etadi!

O’zMU Axborot xizmati