Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Shimoliy-Kavkaz Federal Universiteti bilan aloqalar mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 22 iyun kuni Shimoliy-Kavkaz Federal Universitetining xalqaro loyihalar va dasturlar boʼlimi boshligʼi Samoylenko Vladimir Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Oʼtkazilgan uchrashuvda oʼzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, balakalavr va magistratura yoʼnalishlarida qoʼshma dasturlar, stajirovka va ilmiy konferentsiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Vladimir Valerevich universitet reytingini oshirish xususida oʼz tajribasi bilan yaqindan boʼlishdi. Kelgusida “Sapienza Università di Roma” (Sapientsa Rim universiteti) bilan uch tomonlama qoʼshma dastur ochish boʼyicha takliflar koʼrib chiqildi.
Eslatib oʼtamiz: Joriy yil hamkorlik doirasida may oyida Shimoliy-Kavkaz Federal Universiteti tomonidan Psixologiya kafedrasi xodimlariga va iyun oyida OʼzMU tomonidan Shimoliy-Kavkaz Federal universiteti professor-oʼqituvchilariga 18 soatlik malaka oshirish kurslari oʼtkazildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi