Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

<strong>Shoh va shoir</strong>

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijon shahrida tug‘ulgan. Bobur Amir Temurning beshinchi avlodidir. Amir Temur – Mironshox – Sulton Muhammad – Sulton Abusaid – Umarshayx – Bobur. Bobur yoshligidan, zukko, ilmga chanqoq, mard, jasur bola bo‘lib yetishdi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo jarlikning yonida joylashgan kabutarxonada bo‘lganda, baxtsiz hodisa sababli kabutarxona bilan jarlikga qulab tushadi va olamdan o‘tadi.

Bobur otasining o‘rniga 1494-yil iyun oyida, 12 yoshida taxtga o‘tirdi. Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonim Mug‘ul xoni, Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi aqlli, zukko, yaxshi ayol bo‘lgan. Bobur shoh va shoir, davlat arbobi, olim, geograf, tarixchi, dono, zukko, aqilli va jasur edi. Bobur yoshligidan jamiyki Temuriy shahzodalardek yaxshi o‘qitilgan, arab, fors tillarini o‘rgangan. Harbiy sa’nat yoshligidan yaxshi o‘rgatilgan. U yoshligidan olimu-fozillar bilan birga ko‘p bo‘lgan. Boburning ham qonida bobosi Amir Temur Barlosning qoni oqardi. Bobur jismonan baquvvatligidan, qo‘rqmas botirligi uchun Bobur, ya’ni [sher] laqabini oladi. Bobur juda yosh taxtga o‘tiradi va dono onasi Qutlug‘ Nigorxonim bilan birga davlatni boshqaradi. Boburning otasi vafot etganligini bilgan tog‘asi va amakisi Sulton Ahmad va Sulton Mahmud mirzolar Boburga qarshi, toju-taxt uchun jang qiladi. Bu janglar besamar ketadi. Boburning niyati bobosi Amir Temurning parchalanib ketgan saltanatini qayta tiklash edi. Bobur jismonan tayyorlanishida qal’a devorini ustida ikkita zobitini ko‘tarib yugurgan. Chopib ketayotgan bir otdan ikkinchi bir chopib ketayotgan  otning ustiga sakrab o‘tish mashg‘ulotlari bilan shug‘ullangan. Bobur tez-tez ov qilishni yaxshi ko‘rgan. Bobur otasi ixlos qo‘ygan piri Hoja Axror Valiyga ixlos qo‘ygan. Bobur juda ko‘p bor bobosi Amir Temurning saltanatini qayta tiklashga harakat qilgan. Lekin o‘sha paytda hamma Temuriyzoda shahzodalar birlashmasligi, hammasi alohida-alohida viloyatlarda hukmronlik qilishi va o‘zaro jang qilishi natijasida  birlasholmagan. Bobur uch marta Samarqand shahrini egallaydi, lekin Temuriyzoda shahzodalar birlashmaydi. Dashti Qipchoqdan Shayboniyxon kirib kelib Movarounnahrni bosib olishga kirishadi. Shayboniyxon 1499-yil bahorda Jizzax va Samarqand orqali Qarshi va Shahrisabizgacha bosib boradi va katta o‘ljalar bilan Dashti Qipchoqga qaytadi. Katta kuch to‘plab 1499 yil kuzda yana Movorounnahrga yurush boshlaydi. Buxoro va Qorako‘lni egallaydi. Ayni o‘sha paytda Sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqand shahrini 1500-yil  jangsiz topshiradi. Biroq Samarqanlik zodagonlar din peshvolari  Temuriyzodalar davlatni boshqarishni hohlab, Boburga xat yo‘llaydi. Bobur 1500-yil o‘z qo‘shini [240 kishi] bilan Samarqandga yetib kelgan. Samarqand axolisi Boburga peshvoz chiqib, unga shahar darvozasini ochib berdi. Shayboniyxonning shahar mudofaasi uchun qoldirgan 600 zobutini Bobur qirib tashlaydi. Qisqa vaqtda Bobur Qarshi va G‘uzorni ham o‘ziga buysindirib oladi. U paytda Shayboniyxon Buxoroda edi. Shayboniyxon katta kuch to‘plab Samarqandga yurish qiladi. 1501-yil aprelda Zarafshon atrofi Saripul qishlog‘i yaqinidagi jangda Bobur qo‘shinlari yengiladi. Bobur bobosi Amir Temur saltanatini tiklash uchun juda ko‘p harakat qilib, Shayboniyxon bilan janglar qiladi. Boburni janglari samarasiz ketadi.  Shayboniyxon Temuriylarni birlashib ketishidan juda qo‘rqardi. Temuriyzodalarni besh boshli ajdarga qiyoslaydi, agar Temuriyzoda shahzodalar birlashib ketsa, bularchalik kuchli podshohlik bo’lmas edi degan. Bobur o’z yurtidan omadi kelmay  200-300 sodiq zobitlari bilan Hisor tog‘lari orqali, janubga yo‘l oladi. Afg‘onistonda Bobur G‘azna va Qobulni egallaydi. Qobulni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Bobur markazlashgan davlat tuzishga intiladi. Qo‘shin tuzadi qattiq intizom joriy qiladi. Afg‘onistonga o‘z yurtidek qarab, obodonlashtirish ishlarini qiladi va bog‘lar yaratadi.

Bobur Afg‘onostonda juda go‘zal bog‘lar barpo ettiradi. Bog‘i Jahonaro, O‘rta bog‘, Bog‘i vafo va Bog‘i Bobur kabi bog‘lar barpo etadi. Qobul shahrida Bolo Hisor qal’asini o‘z qarorgohi qiladi. Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Qobulda tug‘uladi. 1506-yil bahorda Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonim vafot etadi va Qobulda Mirzo Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan, Bog‘i Navruzga dafin etiladi. 1507-yil Bobur Hindistonga yurush boshlaydi, bu yurush muvofaqatsiz yakunlanadi. Bobur o’z vatanini qaytarib olish va o‘z vataniga ya’ni butun, Movorounnahirga podshoh bo‘lishni juda hohlardi. Bobur o‘z yurtidan batamom ko‘nglini uzib, bor kuch qudratini ishga solib Hindistonni egallash rejasini tuzadi.

Toliyi yuq jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi. 

O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim.

Yo Rab netayin bu ne yuz qarolig‘ buldi.

Bobur 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lodiyning 100 minglik qo‘shinini 12 ming askar bilan tor-mor keltiradi va Dehlini maxf etadi. Ushbu jang Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. 1527-yil Hindlarning yana bir buyuk sarkardasi Rano Sangoni ham ustidan g‘alabaga erishib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysindiradi. Agra shahrini o‘ziga poytaxt qiladi. Bobur markazlashgan juda katta davlat tuzib boshqaradi. Hindistonda juda katta qurulish ishlarini qilib bino va inshootlar qurdiradi. Juda ko‘p bog‘lar barpo qiladi. Qonunlar tuzadi, ko‘p sonli Hindlarni qonunlarini o‘zgartiradi. Bobur davrigacha Hindlarda turmush o‘rtig‘i olamdan o‘tsa, vafot etgan odamni rafiqasini xam birga qo‘shib yoqib yuborish odatlarini cheklaydi. Bobur Hindistonga egalik qilgandan keyin Kuhinur olmosini qo‘lga kiritadi. Hozirgi kunda bu olmos, Buyuk Biritaniya qirolichasi Yelizavetta 2-ning tojlari qatorida Touer muziyida saqlanadi. Kuhinur so‘zining ma’nosi Tog‘ nuri degan ma’noni bildiradi. Boburdan keyin barcha Boburiylarni tojini bu olmos bezatib turgan. Bu olmos nihoyatda qimmatligi aytiladi, rivoyatlarga ko‘ra dunyodagi jamiyki boyliklarni ikki qismga bo‘lsa yarimiga teng keladi deyiladi. Bobur Hindistonning sobiq sultoni Ibrohim Lodiyning onasini e’zozlab hurmat ko‘rsatishi o‘ziga qimmatga tushadi. Boburning oshpazlari bilan til biriktirib Boburni zaxarlaydi. Shundan keyin Bobur tez-tez be’tob bo‘lib qolardi. Bobur og‘ir damda yotganda padari buzrukvori Umarshayx Mirzo va Bobur ixlos qo‘ygan Xoja Axror Valiyning Volidiya asarini tarjima qilib chiqadi. Bu ishidan keyin Bobur butunlay sog‘ayib ketadi. Bobur ko‘p vatan sog‘inchida yashaydi, hatto o‘zga yurtga shoh bulgancha, o‘z yurtida  gado bo‘lishni afzal deydi. Bobur vatanini, yor-u do‘stlarini, shirindan shakar qovun tarvuzlarini, o‘z yurtini havosini, tog‘larini sog‘inib yashaydi. Bobur 1530-yil 26-dekabirda 47 yoshida Agra shahrida vafot etdi va Agrada dafin etildi. Kiyinchalik vasiyatiga binoan farzandlari tomonidan 1539-yili Qobulga olib kelib Boburni o‘zi barpo ettirgan. Bog‘i  Boburga hoki qo‘yiladi.

SHOH BOBURNI ESLAB

Davir taqozosi, kerak hukumdor,

Yurtga ega kerak, kerakdir sarkor.

Mening Zahiriddindek buyuk bobom bor,

Un ikki yoshida shoh bo‘ldi Bobur.

Har yondan gap tashib bebosh vazirlar,

Nafsiga qul bo‘ldi aqli basirlar.

Mana o‘tdi qancha yillar, asrlar,

Un ikki yoshida podshodir Bobur.

El-yurt osoyishi edi-ku burchi,

Goho g‘animlarga yetmadi kuchi.

Ogir zarba bo‘ldi taqdirning o‘chi,

Un ikki yoshida podshohdir Bobur.

Un ikki yoshimda men bola edim,

Un ikki yoshida shoh bo‘lolgan kim?

Qirq yoshga kirib ham men nima ko‘rdim,

Un ikki yoshida podshohdir Bobur.

O‘z ota makondin toliy yuz burub,

Afg‘on-la Hind sori o‘ktam ot surib,

Jangu-jadallarda omadi kelib,

Un ikki yoshida podshohdir Bobur.

Hindiston taxtida Bobur hukumdor,

Shahzoda farzandlar jasur, pahlavon.

“Ki olam ko‘rmadi aningdek sulton,’’

Un ikki yoshida podshohdir Bobur.

Dunyoga dovrug‘li Temurzodalar,

Hukmini o‘tgazgan, ex siz bobolar.

Toju-taxt qadriga yetgan daholar,

Un ikki yoshida shoh bo‘lgan Bobur.

Jahon tarixida qoldi buyuk nom,

Tojmahal­­­­­ – dunyoga atalgan in’om.

Men faxir to‘yaman, u mening bobom,  

Un ikki yoshida podshohdir Bobur.

Veterinariya virachi, she’riyat shaydosi

Baxtiyor Yaxshiboyev

Boburiylar sulolasi Hindistonda 332 yil hukumronlik qildi. Bobur davridan to Hindistonni Buyuk Biritaniya bosib olgancha muddatda boshqardi. Boburchalik Movvorounnahirda Navoiydan keyin g‘azallar yozishda boshqa odam yo‘q edi. Bobur hayotining eng ko‘p og‘ir davrida xam ijoddan to‘xtamaydi, she’rlar g‘azallar yozadi. Boburning eng shoh asari bu “ Boburnoma’’ kitobidur. Bu kitobda Farg‘ona vodiysi, Xuroson, Afg‘oniston va Hindistonning odamlari, hududi, urf-odatlari bayon qilinadi. Geografik jihatdan eng zo‘r o‘sha davirdagi ma’lumotlar yig‘ilgan jamlanma asardir. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining “Hatti Boburiy” deb nomlangan yangi alifbosini tuzadi. Bu alifbosi bilan to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyun bilan yozishgan. Boburning saltanati judda katta hudud edi. Boburning to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyun saltanatning boshqa uzoq qismlarini boshqarardi. Bobur Boburnomadan ham boshqa kitoblar ham yozadi. Mubayyin [Bayon etilgan] Harb ishi, aruz haqidagi risolalari esa islom qonunchiligi, she’riyat va til nazariyalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Bobur Hindistonda podshoh bo‘lib turganida Hindistonga bir juda ham mohir jangchi qilichboz kelganini e’lon qiladi. Men juda ham ko‘p yurtlarda bo‘ldim, men bilan jang qiladigan munosib teng keladigan raqib yo‘q. Shu yurtda men bilan jang qiladigan raqib bormi deydi. Bu so‘zlar yurt boshlig‘i Boburgacha yetib keladi. Bobur aytadi-ki mening saltanatimda u jangchi bilan jang qiladigan jangchi bor deb aytadi. Bir sanani belgilab jangga yakkama-yakka, butun olomondi yig‘ib ko‘rsatadi. Hammaga bu juda qiziq edi, Bobur saltanatida, bu mohir jangchiga kim yurak yutub chiqib, yengar edi. Jangga Boburni o‘zi chiqadi, jang maydonida mohir jangchi noroziligini bildiradi. Mohir jangchi siz buyuk saltanat hukumdorisiz deb Boburga aytadi. Shunda Bobur aytadi sen hich narsadan g‘am chekma, so‘zingga tur va’dangni bajar, hozir sening qarshingda sulton emas jangchi bo‘lib chiqdim deydi. Jangchi rozi bo‘lib jangga kiradi. Ikki mohir jangchilar bir-biriga qarshi yugurib keladi va Bobur jangchini yonidan kelib o‘tib ketadi. Jangchining boshi tanasidan uzulgan edi. Qizig‘i Bobur qilichini g‘ilofidan ushlab orqa tomoniga yashirib kelib jangchini oldiga kelib, qilichini g‘ilofidan chiqarib jangchini bo‘ynini kesib, tezlik bilan qilichini g‘ilofiga solib qo‘yadi. Yig‘ilgan butun olamon hayratda qoladi. Bir guruh odamlar Boburning qilichini quyosh nuriga yarqiraganini ko‘rganini aytsa, yana bir guruh odamlar hich narsani sezmay qoldik derdi. Mana shu jang ham Bobur bobomizning mard va jasurligini, mohir jangchiligini  butun olamonga ko‘rsatadi.

Bobur o‘z she’rlarida insonlarni yaxshilikga da’vat qiladi;

Har kimki vafo qilsa, vafo topqisidur,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqisidur.

Yaxshi kishi kurmagay yomonliq hargiz,

Har kimki yomon bo‘lsa,  jazo topqisidur.

Yurtimizda  shoh va shoir, Bobur Mirzoni ismini abadiylashtirish uchun, butun yurtimiz bo‘ylab 1993-yil Zahiriddin Muhammad Boburning 510 yilligi keng nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomiga universitet, teatir, kutubxona, milliy bog‘ bor. Andijon shahri markazida haykali o‘rnatildi. Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga Bobur nomi berildi. O‘zbekiston fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi. Toshkentdagi istirohat bog‘i va Andijon viloyatining Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi.

BOBUR

Menku oddiy odam,

Shundoq bo‘lsa xam

Shukr, bas, degancha g‘animlarim bor.

Shart emas ularga ta’rif chinakam,

Biri jununsifat, birovi hushyor.

Biroviga yoqmas jindek jur’tim,

Biroviga yoqmas men yurgan yo‘lak.

Nogoh biror joyda chiqsa suvratim

Biri uxlay olmay qiynalsa kerak.

Biz shunday o‘tamiz ,

Ya’ni kun ko‘rib…

Maydagina kuchsiz, maydagina zo‘r.

Hayotning mana shu burjudan turib,

Men sizni o‘yladim, hazrati Bobur.

Siz-zobit, dastini chuzgan dunyoga,

Siz-shoir, mangu bir alanga yoqqan.

Nainki bandalar, Sizning siymoga,

Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.

Bahodirlik ichra yor sizga humoy,

Siz ulug‘ zotlarning izin bosgan er.

Nazmiy sajdagohda sizga hoynahoy,

Imomlikga o‘tgan faqat Alisher.

Har yolg‘iz she’r qoldi, boshqasi abas

Yetti iqlim aro doston naqlingiz.

Ne baxt, parchin bo‘lib toj degan qafas,

Bizga etib keldi olmos aqlingiz.

Ayting, ne topdingiz siz kezib dunyo,

Hanuz boqisharlar sho‘rga to‘lib.

Shoirsiz, yaxshisi, qolingiz, Mirzo,

Mushfiq yurtingizga bir shoir bo‘lib.

O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni

Abdulla Oripov

Maqola muallifi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti  1-kurs talabasi Yashnarbek Xudoyqulov