Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi maktablarda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

O'sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama chuqur salohiyatga ega bo'lib ulg'ayishi uchun oliy ta'lim muassasalarining o'rni beqiyos. Kelajagimiz davomchilarining imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni to'liq o'zlashtirishlari juda muhim.

O'zbekiston Milliy universiteti Ekologiya fakultetining rahbariyati va professor-o'qituvchilari tumanning xalq taʼlim bo‘limi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi 17-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabidagi bitiruvchi o'quvchilar bilan navbatdagi "Ochiq eshiklar kuni" mavzusida davra suhbatini tashkil etdilar.

Unda ushbu tumandagi 13-14-5-16- sonli umumta'lim maktablarining bitiruvchi o'quvchi yoshlari va pedagoglari ham taklif etildi.

Mazkur tadbirda maktab o‘quvchilari uchun O'zbekiston Milliy universiteti fakultetlari, taʼlim yo‘nalishlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Professor-o'qituvchilar maktabdagi o'quvchi yoshlarga hozirgi kundagi ekologik muammolar va ularning yechimi to'g'risida ham tushuncha berib, qiziqarli davra suhbatlarini ham tashkil etdilar.

O‘zMU Axborot xizmati