Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Siz O‘zbekiston-Fransiya diplomatik va do‘stona aloqalarini bilasizmi?” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti va “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyati hamkorligida O‘zbekiston va Fransiya diplomatik aloqalarining 30 yilligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiyaga tashrifi munosabati hamda “Butun dunyo fransuz tili o‘qituvchilari kuni” munosabati bilan “Siz O‘zbekiston-Fransiya diplomatik va do‘stona aloqalarini bilasizmi?” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi Respublikamiz Oliy taʼlim muassasalarida fransuz tilini o‘rganadigan yoshlar o‘rtasida muloqot muhitini yaratish, shuningdek, ularning O‘zbekiston va Fransiyaning madaniyati, taʼlimi va do‘stona aloqalari to‘g‘risidagi bilimlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashish muhitini yaratishdan iborat.

Bu tadbirda har bir Oliy taʼlim muassasasi komandalari uchun O‘zbekiston va Fransiya diplomatik aloqalarining 30 yilligiga bag‘ishlangan ilk diplomatik aloqalarning o‘rnatilishi, ikki davlatning madaniyat sohasidagi, taʼlim sohasidagi, iqtisod sohasidagi yutuqlarini qay darajada yoshlarimiz bilishlari to‘g‘risida turli xil savollardan iborat viktorina tashkil etildi. Shuningdek, universitet talabalari fransuz tilida ashula va qo‘shiqlar ijro etishdi va tadbir oxirida viktorina g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy universiteti hamda ning estalik sovg‘alari berildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi