Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 686 YILLIGI NISHONLANDI

Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida Ijtimoiy fanlar fakultetini Sohibquron Amir Temurning tavalludini 686 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda fakulteti dekan o‘rinbosari O.Musurmonkulov, tyutorlar X.Sharapov, A.Qodirov, E.Ro‘zmatov, Z.Nishonov va U.Maxmudovalar, olimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Amir Temur oʻz vaqtida Osiyo va Yevropada roʻy bergan tarixiy oʻzgarishlarga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatib, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk bunyodkor boʻlgani yodga olinib, mamlakat obodligi, ilm-fan ravnaqiga beqiyos hissa qoʻshgani taʼkidlandi. Shundan soʻng, fakultet tyutorlari va talabalar tomonidan Sohibqiron haykali poyiga gullar qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Shuningdek, Amir Temur davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

O’zMU Axborot xizmati