TABRIKLAYMIZ

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda talabalar (bakalavriat, magistratura) va yosh tadqiqotchilarning ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovi o'tkazildi.
“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovining Qisholoq va suv xo'jaligi yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti 5A141001-Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo'yicha) mutaxasisligi 2-kurs magistranti Nosirxo'jayeva Azizaxon Murod qizi faxirli 3-o'rinni qo'lga kiritib 10 million (o'n million) so'm pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.
Talabamizni yutuqlari bilan muborakbot etamiz va kelgusidagi ilmiy ishlariga omadlar tilaymiz. Ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz.
O`zMU Axborot xizmati