Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

TABRIKLAYMIZ!

Germaniyaning DAAD (Der Deutsche Akademische Austauschdienst - Nemis akademik almashuv xizmati) orqali nemis tili oʼrganishda muvaffaqiyatga erishayotgan talabalar va ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar stipendiyalarga sazovor boʼlishadi.
Bu yil O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti nemis filologiya kafedrasi professor-oʼqituvchilarning saʼyi harakatlari bilan Filologiya va tillarni oʼqitish (nemis tili) bakalavr yoʼnalishi 2 va 3 kurs talabalaridan 7 nafari va Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi magistrlaridan 2 nafari DAAD stipendiyasini olishga sazovor boʼldilar. Ular Germaniyaning turli shaharlarida bir oylik til kurslarida taxsil olib oʼzlarining nemis tilidan bilimlarini chuqurlashtirib qaytadilar.
Biz stipendiatlarni va ularning ustozlarini chin dildan tabriklaymiz. Ularga bundan ham yuqori choʼqqilarga erishishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo'limi