Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Tabriklaymiz!

Joriy yilning 13-14 may kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida “Sohibqiron Amir Temur kubogi” II xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Shaxmatning rapid turi bo‘yicha 2 kun davom etgan bahslarda dunyoning 10 ta davlatidan 60 nafarga yaqin shaxmatchi ishtirok etdi.
9 tur natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti 3-bosqich talabasi, xalqaro grossmeyster Nilufar Yakubboeva ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz.

O’zMU Axborot xizmati