Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

TABRIKLAYMIZ!

O'ZMU OLIMA AYOLLARI YUTUQLARI XALQARO E`TIROFDA!

Bugungi kunda Oʼzbekiston Milliy universiteti olima ayollarning ilm-fanga qoʼshayotgan hisssalari, ilmiy izlanishlari nufuzli xorijiy olim taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof etilmoqda.

2022-yil 2-iyun Rossiya fanlari akademiyasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Biologiya fakulteti Tuproqshunoslik kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori Gafurova Lazizaxon Akramovna Rossiya fanlar аkademiyasining akademigi etib saylandi.

Ustozlarimizni yutuqlari bilan universitet rahbariyati va jamoasi nomidan tabriklaymiz!

O`zMU Axborot xizmati