Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Tabriklaymiz!

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq bir qator kino sohasi ijodkorlari ham taqdirlandi.

Ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan, O‘zMU Jurnalistika fakulteti professori, telejurnalistika, o‘zbek kinosi, kinotanqidchiligida maktab yaratgan Ustozimizni “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan Akbarov Xamidulla Ilyasovich (O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinoshunos)ni yuksak mukofot bilan tabriklaymiz.

O‘zMU Axborot xizmati va Jurnalistika fakulteti