Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Tabriklaymiz!

Joriy yilning 16-18-dekabr kunlari Jar sport majmuasida sportning aralash jang san’atlari turi (MMA) bo'yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. Ushbu chempionatda Oʻzbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti 1-bosqich talabasi Ergashev Xo‘jaqul Ismoil o‘g‘li muvaffaqiyatli ishtirok etib, 70 kg vazn toifasida 1-o’rinni egalladi. Shuningdek, 2023-yil fevral oyida Serbiyaning Belgrad shahrida bo’lib o’tadigan jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritdi. 

Talabamiz Xo‘jaqul Ergashevni ushbu yutug’i bilan universitet rahbariyati va jamoasi nomidan tabriklaymiz hamda jahon chempionati bahslarida omad tilaymiz.

OʻzMU Axborot xizmati