Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

TABRIKLAYMIZ!

O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 3-kurs talabasi Ortiqov Niyatjon Ne’matilla o’g’li Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovining 2023-yil 24-mayda bo'lib o'tgan Respublika bosqichida o'zining "Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun Brayl yozuvidagi maxsus elektron shaxmat" loyihasi bilan qatnashib g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Talabamizni universitet professor-o’qituvchilari va talabalari nomidan tabriklaymiz, keyingi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

O‘zMU Axborot xizmati