Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Taekvondo va sport faoliyati fakultetida xorijiy mutaxassis ishtirokida o'quv seminar tashkil etildi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakultetida
O'zbekiston regbi federasiyasi bilan hamkorlikda xorijiy trener-maslahatchi Andreas Xuman Yoxaness ishtirokida “Regbi bo'yicha xalqaro musobaqalar tahlili Janubiy Afrikada regbining rivojlanishi” mavzusida seminar mashg'uloti o'tkazildi.


Mazkur seminar mashg'ulotini universitetning “Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi mudiri p.f.n., dosent Iskandar Aliev so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktabrdagi “O'zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4500 sonli Qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, mamlakatimizda Regbi sport turini ommalashtirish, universitet talaba sport klubi qoshidagi to'garaklariga jalb qilish, ularga Regbi sort turi bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, iqtidorli talaba-yoshlarni milliy terma jamoalarga yo'naltirishga xizmat qilishi to'g'risida ta'kidlab o'tdi.
Seminar doirasida fakultetning “Sport faoliyati -Regbi” ta'lim yo'nalishi talabalariga Regbi sport turining Jahonda rivojlanish tarixi hamda yurtimizda mazkur sport turining bugungi rivojlanishi bo'yicha ma'lumotlar berildi. Seminarda O'zbekiston milliy terma jamoa bosh treneri Danil Kulikov, Yoshlar terma jamoasi bosh treneri Yegor Lebed, O'zbekiston Regbi federasiyasi matbuot kotibi Muslima Abdumalikovalar ishtirok etishdi

O'zMU Axborot xizmati