Taekvondo va sport faoliyati rahbariyati tashabbusi bilan fakultet ochiq chempionatiga start berildi

O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan, shu sababli, O’zMU Sport majmuasida Taekvondo va sport faoliyati rahbariyati tashabbusi bilan Taekvondo (WT) yo’nalishi bo’yicha Olmazor tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi hamda Toshkent shahar bolalar- o’smirlar sport maktablar, sport klublari tarbiyalanuvchilari o’rtasida fakultet ochiq chempionatiga start berildi.


Musobaqaga fakultet proffesor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari keng jalb etildi. Musobaqa shiddatli va qiziqarli o‘tdi.



Yosh sportchilar o‘z raqiblariga qarshi mohirona kurash olib bordilar. Unda g‘oliblar aniqlandi va diplom, medal va estalik sovgʻalari topshirildi. Murabbiy talabalar o‘z mehnatlari samarasini ko‘rsata oldilar.
O’zMU Axborot xizmati