Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Talaba-yoshlar bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi

Bugun, 3-noyabr kuni O`zMU Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabalari bilan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, ularga kerakli huquqiy va turarjoy masalalarida maslahatlar berish maqsadida Olmazor tumani IIB 4-sonli FM ichki ishlar xodimi, universitet Profilaktika katta inspektori podpolkovnik A.Abdulxaqov, universitet yurist-konsulti G.Yax'yayeva, Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i J.Xayrullayev hamda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimi M.Xasanov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuvda talaba-yoshlarga universitetning me'yoriy hujjatlari, odob-axloq qoidalari, ichki tartib qoidalari hamda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida tushunchalar berildi.

O`zMU Axborot xizmati