Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

TALABA-YOSHLAR BILAN PROFILAKTIK UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

O'zbekiston Milliy universitetida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida Мatematika fakulteti talabalari uchun profillaktik tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Olmazor tumani IIB 4-sonli FMB Ichki ishlar xodimi, universitet Profilaktika katta inspektori Podpolkovnik A.Abdulxaqov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari M.Xasanov, X.Doʻstmurodovlar ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda talaba-yoshlarga universitetning Odob-axloq qoidalari va Ichki tartib qoidalariga oid me'yoriy-hujjatlari hamda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida ma'lumotlar berildi.

O`zMU Axborot xizmati