Talabalar teatr studiyasi jamoasi muvaffaqiyati

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining "Humo" talabalar teatr studiyasi jamoasi respublika oliy ta'lim muassasalari talabalar teatr studiyalari o'rtasida o'tkazilgan ko'rik-tanlovning Andijon viloyatida bo'lib o'tgan mintaqaviy bosqichida ishtirok etib umumjamoa hisobida 2-o'rinni hamda quyidagi nominatsiyalar bo'yicha mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritishdi:
"Milliy an'ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun"
"Eng yaxshi erkak roli uchun"
"Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari"
"Humo" talabalar teatr studiyasi jamoasiga ijodiy parvoz tilab, keyingi tanlovlarda muvaffaqiyat tilaymiz.

